1. Xizmat
Zabonly — o'quvchilar va til o'qituvchilarini onlayn darslar uchun bog'laydigan platforma. Platformani Humoyiddin N'ematillayev boshqaradi. O'qituvchilar darslarni mustaqil ravishda o'tkazadi; darslar tashqi video xizmat (Google Meet) orqali bo'ladi.
2. Hisob
Ro'yxatdan o'tish Google hisobi orqali amalga oshiriladi. Siz kiritgan ma'lumotlar to'g'ri bo'lishi kerak. Bir kishi bitta hisobdan foydalanadi.
18 yoshga to'lmagan o'quvchilar faqat ota-ona (qonuniy vakil) roziligi bilan ro'yxatdan o'tadi. O'qituvchilar 18 yoshdan katta bo'lishi shart.
3. Sinov darsi
Har bir o'qituvchida bitta bepul qisqa sinov darsini olish mumkin.
4. Paketlar va to'lov
Darslar paket bilan sotiladi: 6, 12 yoki 36 dars. Katta paketlarda chegirma bor. Paketning amal qilish muddati yo'q.
Narxlar so'mda ko'rsatiladi. To'lov to'liq olingandan keyin paket faollashadi.
Pul platformada saqlanadi va dars tasdiqlangandan keyin (o'quvchi baho qo'yganda yoki dars natijasi belgilanganidan 48 soat o'tib, shikoyat bo'lmasa) o'qituvchiga hisoblanadi.
5. Bron qilish va bekor qilish
O'quvchi darsni boshlanishidan kamida 12 soat oldin bekor qilishi mumkin — dars paketga qaytadi.
O'qituvchi darsni boshlanguncha bekor qilishi mumkin — dars o'quvchining paketiga qaytadi.
O'tilgan dars paketdan yechiladi.
6. Ko'chirish, qatnashmaslik va shikoyatlar
O'quvchi darsni boshlanishidan kamida 12 soat oldin o'qituvchining istalgan bo'sh vaqtiga cheklovsiz ko'chirishi mumkin. 12 soatdan kam qolganda ko'chirish faqat o'qituvchi roziligi bilan va paket bo'yicha cheklangan marta mumkin: 6 darsda 1, 12 darsda 2, 36 darsda 4 marta. Sinov darsini kech ko'chirib bo'lmaydi.
O'qituvchi darsni boshlanguncha ko'chirishni so'rashi mumkin. O'quvchi taklif qilingan vaqtni rad etsa yoki dars boshlanguncha javob bermasa, dars bekor bo'lib paketga to'liq qaytadi.
Dars boshlanganidan 15 daqiqa o'tib ham tomonlardan biri kelmasa, ikkinchi tomon buni belgilaydi. O'qituvchi kelmasa, dars paketga to'liq qaytadi. O'quvchi paket ichida birinchi marta kelmasa, dars narxining yarmi o'qituvchiga, yarmi o'quvchi balansiga o'tadi (platforma komissiya olmaydi); keyingi holatlarda dars o'tgan hisoblanadi.
Dars natijasiga rozi bo'lmagan tomon natija belgilanganidan keyin 48 soat ichida shikoyat qilishi mumkin. Shikoyat hal bo'lguncha pul hech kimga o'tmaydi; administrator darsga qo'shilish vaqtlari va ikkala tomon tushuntirishi asosida yakuniy qaror qabul qiladi.
48 soat ichida hech kim hech narsa belgilamasa, dars o'tgan hisoblanadi.
7. Paketni yopish va balans
O'quvchi paketni istalgan vaqtda yopishi mumkin (rejadagi darslar bo'lmasa). O'tilmagan darslar puli o'quvchi balansiga o'tadi.
Balans bilan istalgan o'qituvchidan yangi paket sotib olish mumkin.
Balansdagi pulni kartaga qaytarish istisno tariqasida, zabonly.team@gmail.com orqali so'rov bo'yicha administrator tomonidan amalga oshiriladi.
8. O'qituvchilar uchun
Platforma har bir o'tilgan darsdan 20% komissiya oladi.
Daromad har dushanba kuni o'tgan hafta (dushanba–yakshanba, Toshkent vaqti) uchun profildagi kartaga o'tkaziladi. Minimal summa 50 000 so'm; kamroq bo'lsa keyingi haftaga o'tadi.
O'qituvchi o'z dars havolasi va jadvalini to'g'ri yuritishi va soliq majburiyatlarini mustaqil bajarishi kerak.
9. Taqiqlar
Platforma orqali tanishgan o'quvchidan to'lovni platformadan tashqarida olish;
Haqoratli, noqonuniy yoki boshqalarning huquqlarini buzuvchi kontent;
Boshqa shaxs nomidan ro'yxatdan o'tish.
Qoidalar buzilsa, hisob to'xtatilishi mumkin.
10. Javobgarlik
Platforma tashqi xizmatlar (Google, video aloqa, internet provayderlari) ishlamay qolishi uchun javob bermaydi. Nizolar avvalo muzokara yo'li bilan, kelishilmasa O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq hal qilinadi.
11. Aloqa
Savollar bo'yicha: zabonly.team@gmail.com.